Dog‘iston rahbari yangi chempionni eng oliy orden bilan taqdirladi
Sport
−
14 mart
2874Yarim og‘ir vazn toifasi yangi chempioni Magomed Ankalayev “Dog‘iston respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ankalayevga Dog‘iston rahbari Sergey Melikov “Dog‘iston respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni” topshirdi.
“Dog‘iston respublikasi rahbarining taklifiga binoan murabbiylari bilan hukumat binosiga tashrif buyurdik. U yerda meni yoqimli syurprizlar bilan kutib oldilar. Sergey Alimovich Melikov menga respublikaning eng oliy mukofotini topshirdi. Uchsharuvda ko‘plab iliq so‘zlar, muhim ko‘rsatmalarni tingladik. Rahbar bizni yanada fidokorona mehnat qilishga, xalqaro maydonda yurtimiz nomini munosib himoya qilishga ruhlantirdi. Sergey Alimovich, sportchilarni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun va e’tiboringiz uchun rahmat!” deyiladi post ostida.
Eslatib o‘tamiz, Magomed Ankalayev 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan UFC 313 turniri markaziy jangida yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Aleks Pereyrani ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, toifaning yangi chempioniga aylangan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

