Diqqat! Bugun poytaxtda chang-to‘zon ko‘tariladi

Jamiyat

image

Bugun, 7 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘zining Facebook’dagi saxifasida e’lon qildi.

Shuningdek, O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda esa shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing