Dengizga qulab tushgan samolyotning “qora qutisi” olib chiqildi
Olam
−
12 yanvar 2021
5755Indoneziya dengiz floti g‘avvoslari Yava dengizining tubidan “Sriwijaya Air” aviakompaniyasining 9 yanvar kuni qulab tushgan samolyotning “qora qutisini” olib chiqdi. Bu haqda Detik nashri xabar bermoqda.
Parvoz yozuvchisi Shimoliy Jakarta portiga olib borilgan va u yerda jurnalistlarga ko‘rsatilgan. Kadrlarda suv bilan to‘ldirilgan shaffof idish, uning ichida to‘q sariq rangli “qora quti” korpusi borligi tasvirlangan.
Avvalroq aviahalokat sodir bo‘lgan joyda ishlaydigan qidiruv guruhlari o‘zini o‘zi yozuvchi qurilmaning radio mayoq signalini ushlagan. Keyinchalik, qidiruv operatsiyalari qo‘mondoni Xadi Tyadjantoning ta’kidlashicha, g‘avvoslar mayoqni birinchi bo‘lib payqagan. Keyin uning pastki qismida moslama topilgan.
“Qora quti” aviahalokatni tekshirayotgan Milliy transport xavfsizligi qo‘mitasiga o‘tkaziladi.
Boeing 737-524 Jakartadan Kalimantan orolidagi Pontianak shahriga yo‘l olgan edi. U parvozdan bir necha daqiqa o‘tgach, radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, Indoneziya rasmiylari layner Yava dengizida qulab tushgani haqida xabar bergan.
Bortda 62 kishi, jumladan, o‘n nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularning barchasi vafot etgan. Samolyotda chet elliklar bo‘lmagan. Halokat sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan qutqaruvchilar layner qoldiqlari, jabrlanganlarning tana qismlari va shaxsiy buyumlarini topdi.
LiveBarchasi