Dembele jarohatidan so‘ng safga qaytdi
Sport
−
21 Oktabr 1326 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Usmon Dembele jarohatidan so‘ng ilk bor o‘yin qaydnomasiga kiritildi. U 20 oktyabr kuni jamoa bilan Chempionlar ligasida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi o‘yinda qatnashish uchun Germaniyaga yo‘l oladi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
Dembele bir necha kun mashg‘ulotlarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik sababli “Strasbur”ga qarshi 3:3 hisobidagi durang o‘yinda maydonga tushmagan. Bu hujumchi uchun “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandan keyin jamoadagi ilk o‘yini bo‘ladi.
Shuningdek, jarohat sabab o‘yinlarda qatnasha olmayotgan Markinos ham jamoaning Chempionlar ligasi safariga qo‘shildi.
Usmon Dembele oxirgi bor 5 sentyabr kuni Fransiya milliy terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘yini davomida maydonga tushgan va jarohat tufayli o‘yinni tark etgan edi. Markinos esa oxirgi marta 20 sentyabr kuni “Marsel”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvni jamoa yarim himoyachilar Fabian Ruis va Joau Nevish o‘tkazib yuboradi. PSJning “Bayer Leverkuzen”ga qarshi uchrashuvi joriy yilning 22 oktyabrga o‘tar kechasi start oladi.
Live
Barchasi