Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 19-20 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.

Kunduz kunlari termometr ustuni 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida issiq biroz pasayishi kutilmoqda. 20 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing