Dam olish kunlari harorat 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
Bu qiziq
−
20 iyun 2025 3951 1 daqiqa
O‘zgidromet O‘zbekiston bo‘yicha joriy yilning 20-22 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun, 20 iyun kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha 34-37 daraja bo‘lgan nisbatan qulay harorat fonida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamolning kuchayishi 20-22 m/s ga yetishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-22 iyun kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025