Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
Bu qiziq
−
11:35 295 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, shimoliy hududlarda esa kechalari 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimol va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda bugun, 23 oktyabr va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati kechalari 5-7 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 23 oktyabrda 19-21 daraja iliq, joriy yilning 24-25 oktyabrda 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi