COVID-19: Shifoxonadagi bemorlar soni 1,5 mingdan oshdi
Jamiyat
−
10 aprel 2021 5548 1 daqiqa
Joriy yilning 9 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 195 nafarga ortib, 84 724 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 1 nafari Andijon viloyatida;
- 3 nafari Buxoro viloyatida;
- 2 nafari Jizzax viloyatida;
- 3 nafari Namangan viloyatida;
- 19 nafari Samarqand viloyatida;
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 3 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 23 nafari Toshkent viloyatida;
- 134 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar;
- Buxoro viloyatida 7 nafar;
- Jizzax viloyatida 4 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
- Xorazm viloyatida 8 nafar;
- Toshkent viloyatida 21 nafar;
- Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82 586 (+171) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1504 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr