Chirchiqdan shag‘al qazib olgan korxona rahbari 6 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan korxona rahbari 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan “G.S” MCHJ rahbari S.I. ishi ko‘rib chiqilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 7 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazilgan, unda Chirchiq daryosi muhofaza hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotganligi aniqlangan.
Holatga aniqlik kiritilganida qum-shag‘al aralashmasi “G.S.” MCHJ tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan “G.S” MCHJ rahbari S.I. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi. Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga 431 million 380 ming 664 so‘m miqdorida zarar, 38 million 280 ming so‘m miqdorida jarima undirilishi belgilandi.

Ta’kidlash joiz, 2024 yil 1 maydan ayrim suv havzalari, xususan, Chirchiq daryosi o‘zanida ham noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chirchiq daryosi Ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing