Chirchiqda ona-bolani urib ketishiga oz qolgan haydovchi 2 yilga “prava”dan mahrum etildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Cobalt rusumli davlat raqami belgisi noma’lum bo‘lgan avtomobil haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlanayotgan vaqtida, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborishiga oz qoldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

YHXBning ma’lum qilishicha, xodimlar tomonidan ushbu vaziyat nazoratga olinib, qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada yuqoridagi qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi va avtoulov aniqlangan.

Haydovchining harakatlari piyodalar hayotiga tahdid sifatida baholanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-prim 10-moddasiga (yo‘l bezoriligi) ko‘ra, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qolaversa, u transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari, ya’ni 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostiga qo‘ygan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing