Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10 dekabr 2020 9705 2 daqiqa
Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Parijda o‘tgan “PSJ” va “Istanbul Bashakshexer” jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda yirik hisob qayd etildi. Ushbu uchrashuvda Neymar 3 ta gol kiritgan bo‘lsa, Mbappe dublga erishdi. Parijliklar bu bahsda yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollandiyada o‘tgan “Ayaks” - “Atalanta” uchrashuvida mehmonlar kichik – 0:1 hisobida zafar quchishdi.
“Liverpul” Daniyada “Midtyulland” mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda durang qayd etdi – 1:1.
Angliyaning yana bir jamoasi “Manchester Siti” o‘z o‘yida Fransiyaning “Marsel” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.
Navbatdagi uchrashuvda Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasi Portugaliyaning “Portu” klubi mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li ustun keldi. Ular 0:2 hisobida zafar quchishdi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Real” – “Borussiya M” 2:0
“Inter” – “Shaxtyor” 0:0
“Bavariya” – “Lokomotiv” 2:0
“Red Bull Zalsburg – “Atletiko” 0:2.
Shunday qilib Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Keyingi bosqichga:
“Bavariya”
“Real Madrid”
“Manchester Siti”
“Liverpul”
“Chelsi”
“Borussiya Dortmund”
“Yuventus”
“PSJ”
“Atletiko Madrid”
“Borussiya M”
“Portu”
“Atalanta”
“Sevilya”
“Latsio”
“Barselona”
“Red Bull Zalsburg” jamoalari yo‘l oldi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar