“Chelsi” futbolchisi o‘zini “Al-Hilol”ga taklif qildi
Sport
−
27 iyul 1810 1 daqiqa
“Chelsi” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Pedru Netu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh o‘z mijozini “Al-Hilol” klubiga taklif qilgan.
Avvalroq, “Al-Hilol” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida transfer bozorini o‘rganishda davom etayotgani va “Bavariya” qanot hujumchisi Luis Dias bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya klubining yozgi transfer byudjeti 350 million yevrodan oshadi. “Al-Hilol” kolumbiyalik futbolchi uchun 105 million yevrodan 132 million yevrogacha mablag‘ to‘lashga tayyor.
Joriy transfer oynasida “Al-Hilol” hujum chizig‘iga hozircha bitta xorijlik futbolchini jalb qildi. 24 yoshli niderlandiyalik qanot yarim himoyachisi Krisensio Sammervill jamoa safiga qo‘shildi.
Xabarlarga ko‘ra, uning transferi 55 million yevroni tashkil etgan bo‘lib, turli bonuslar hisobiga yana 10 million yevro qo‘shilishi mumkin.
Live
Barchasi