“Chelsi” futbolchisi 9 ta qoidabuzarlik uchun jazolandi
Sport
−
03 noyabr 2025 1355 2 daqiqa
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Uesli Fofana Angliya yo‘llarida 9-marta haydovchilik qoidalarini buzgani uchun 300 soatlik jamoat xizmatiga hukm qilindi. 24 yoshli fransuz futbolchisi A3 avtomagistralida tezlikni me’yordan oshirganini tan olgan. Bu haqda “GB news” xabar berdi.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqea sodir bo‘lgan paytgacha Fofana ilgari 8 marotaba tezlikni oshirgani sababli ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan edi.
Tuman sudyasi Juli Kuper futbolchini ogohlantirib, topshirilgan jamoat ishlarini bajarmaslik qamoq jazosiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. U hukm chog‘ida futbolchining bu xatti-harakatlarini keskin tanqid qildi.
“Sizni minglab yoshlar kuzatadi. Ular sizni o‘zlariga ibrat deb bilishadi. Ammo ular siz kabi qimmat mashinalarni boshqarish imkoniga ega emaslar. Sizning beparvoligingizni nusxalashga uringan yosh haydovchilar hayotdan ko‘z yumishlari mumkin”, deydi Sudya Kuper.
Sudda taqdim etilgan video dalillar futbolchining Surreydagi magistralda xavfli quvib o‘tishlar amalga oshirib, qonuniy tezlik chegaralarini keskin oshirgani va boshqa haydovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani tasdiqlangan.
Fofana so‘nggi yillarda jarohatlar sabab “Stemford Bridj”da ko‘p o‘yin o‘tkaz futbib yuborgan. Futbolchi joriy mavsumda “Chelsi” safida Primer-liga doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, fransiyalik himoyachi Uesli Fofana 2022 yil yozida “Lester Siti”dan “Chelsi” klubiga taxminan 75 million funt sterling evaziga transfer qilingan. Bu bitim uni o‘sha paytda eng qimmat yosh himoyachilardan biriga aylantirgan edi.
Live
Barchasi