“Chelsi” Fransiya terma jamoasi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi “Kristal Pelas” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Maksens Lakrua bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Londonliklar rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi klub bilan 2032 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

O‘tgan mavsumda Lakrua “Kristal Pelas” safida barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik himoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Lakrua 2026 yil AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida 3 ta o‘yinda ishtirok etgan, ammo gol ura olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chelsi”ning Avstraliyaning “Vestern Sidney Uonderers” jamoasiga qarshi mavsumoldi tayyorgarlik uchrashuvida qozog‘istonlik futbolchi Dostan Satpayev debyut o‘yinini o‘tkazgani va gol urgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing