Çexiyada minglab odamlar OAV mustaqilligi uçun namoyiş ötkazdi
Olam
−
19:54 474 2 daqiqa
Çexiya poytaxti Pragada hukumatning davlat televideniyesi va radiosini moliyalaştiriş tartibini özgartiriş rejasiga qarşi minglab odam namoyiş ötkazdi. Bu haqda joriy yilning 25 oktyabr kuni “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, namoyişçilar hukumat taklif qilayotgan islohot jamoat teleradiokompaniyalarining mustaqilligiga xavf tuğdirişi mumkinligini bildirgan. Ular qonun loyihasini qaytarib olişni va Boş vazir Andrey Babişdan masala yuzasidan keng jamoatçilik muhokamasini taşkil etişni talab qilgan.
Norozilik namoyişi Eski şahar maydonida bölib ötgan. Maydonga minglab odamlar yiğilgani sababli, köpçilik yaqin atrofdagi köçalarda turişga majbur bölgan. Namoyişçilar “Biz yetar dedik”, “Bunga yöl qöyib bölmaydi” va “Soat 4:36” kabi şiorlarni aytgan.
Norozilikka hukumat koalitsiyasining qonun loyihasini parlament quyi palatasida muhokama qilişni kutilmaganda tezlaştirgani sabab bölgan. Deputatlar muxolifatga bahsda qatnaşiş uçun çeklangan vaqt bergan va 23 oktyabr kuni soat 04:36 da hujjatni parlamentdagi uç bosqiçli körib çiqişning birinçi bosqiçidan ötkazgan.
Rejaga köra, davlat televideniyesi va radiosi aholi, xonadonlar hamda korxonalar tölaydigan muntazam yiğimlar hisobidan emas, balki davlat byudjeti hisobidan moliyalaştiriladi. Biroq yangi tartib jamoat OAVlari oladigan mablağni hozirgiga nisbatan qariyb 15 foizga kamaytirişi kutilmoqda.
Islohot tanqidçilari bu özgariş hukmron koalitsiyaga ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni kuçaytiriş imkonini berişi mumkinligidan xavotirda. Ular Slovakiya va Vengriyada jamoat OAVlari bilan boğliq vaziyatni bunga misol sifatida keltirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Yevropa va boşqa mintaqalarni qamrab olgan norozilik namoyişlari çoğida sodir etilayotgan zöravonlik harakatlarini qoralagan va noroziliklar sababini uruşlarning iqtisodiy oqibatlari bilan boğlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi