Chexiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish 29-30 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Chexiya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, “yashil” energetika, kimyo, farmatsevtika va transport sohalarida kooperatsiyani kengaytirish diqqat markazida bo‘ladi. Madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Xalqaro kun tartibidagi masalalar, shu jumladan ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida Bosh vazir Andrey Babish O‘zbekiston-Chexiya biznes forumida ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya O'zbekiston Andrey Babish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing