Bo‘stonliqda yuk mashinasi ustunga urilgani tufayli ayrim hududlar “svet”siz qolyapti

3-sahifa

image

Bugun, 1 avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi yuz bergan yo‘l-transport hodisasi ortidan tumandagi iste’molchilarga yetkazib berilayotgan (6,6 MVt) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:50 da GES-27 energetika ob’ektidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Chorbog‘-1 va L-Chorbog‘-2 110 elektr tarmog‘i favqulodda o‘chgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, liniyaning tayanch ustuniga yuk avtomobili borib urilgan.

Buning ortidan ayni paytda ushbu elektr tarmog‘idan kuchlanish oluvchi Bo‘stonliq tumanining iste’molchilari (6,6 MVt): aholi xonadonlari, ishlab chiqarish ob’ektlari, bolalar dam olish oromgohlari va dor yo‘li (kanatka) majmuasining elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

“Energetiklar tomonidan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatlari bartaraf etilib, elektr tarmog‘iga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Nexia haydovchisi ustunga urilishi oqibatida 200 xonadon elektrsiz qolgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing