Bo‘stonliqda yana katta yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
31 iyul 4182 1 daqiqa
Bugun, 31 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan o‘rmon xo‘jaligidagi qirda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:00 da tumanning “Burchmulla” MFYda joylashgan “Burchmullo” o‘rmon xo‘jaligiga qarashli qir adirlikda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Bildirilishicha, hozirda voqea joyida Toshkent viloyati yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda O‘rmon xo‘jaligi xodimlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Bo‘stonliq tumanida 2 gektar yerdagi quruq o‘t olov ichida qolgani va u yong‘in yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan deyarli 6,5 soatda o‘chirilgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi