Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi qamaldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan qoidabuzar haydovchi o‘zini haq, inspektorni esa nohaqlikda ayblab, bir nechta videolar joyladi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Boshqarmaga ko‘ra, aslida avtomashina boshqarib kelayotgan haydovchi to‘xtatilgan va inspektor hujjatlarni ko‘rish maqsadida uning oldiga borib, belgilangan tartibda murojaat qilgan. Ammo haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan va hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan.

“Haydovchi o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatishga ham uringan. Shundan so‘ng inspektor avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurgan degan xulosaga keladi va tartibga ko‘ra avtomashinani jarima maydoniga olib ketadi. Jahlga mingan haydovchi bu vaziyatda ham inspektorni obro‘sizlantirishga urinib, turli so‘zlar bilan uning sha’niga tegishga urinadi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Buxoro shahar sudida ko‘rib chiqilgan mazkur ish yakunida haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)  1-qismi va 1952-moddasida (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto va yoki video tasvirlarini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq teleboshlovchi Husnora Shodiyeva Toshkent shahrida yo‘l-patrul inspektori tomonidan haqoratlanganini iddao qilib chiqqan edi. Shundan so‘ng, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, teleboshlovchi baland ovozda musiqa eshitib, o‘ynab, yo‘lni to‘sib qo‘ygan va YPX xodimining qonuniy talabini bajarmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro YPX inspektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing