Buxoroda onlayn fohishaxona tashkil qilgan erkak 100 ming bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Buxoro shahrida Telegram’da onlayn fohishaxona tashkil qilgan erkak 100 ming so‘m bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 yoshli shaxs Telegram messenjerida maxsus kanal tashkil etib, unda xotin-qizlarning suratlarini joylashtirgan hamda ularning xizmatlarini “soatbay” va “tunbay” ko‘rinishida muayyan mablag‘ evaziga narxlab kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda 21 yoshli fuqaroning moddiy manfaatdorlik yo‘lida qonunga xilof faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan. 

Joriy yilning 12 fevral kuni soat taxminan 15:00 larda u Buxoro shahridagi xonadonlarning birida mijozga jinsiy aloqa qilish uchun o‘z Telegram guruhidagi ayollardan birini 400 ming so‘m evaziga gaplashib bergan.

Buning uchun yigit xizmat haqi sifatida 100 ming so‘m talab qilgan. U 100 ming so‘m miqdordagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida fohishaxona tashkil qilish va qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan “Bonu” laqabli ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro onlayn fohishaxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing