Buxoroda mast haydovchi 40 ta bog‘cha bolasini avtobusda olib ketayotgani aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydovchisining spirtli ichimlik ta’sirida ekani aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xodimlar uning mastligini bilgach, zudlik bilan harakati to‘xtatilib, bolalarning xavfsizligi ta’minlangan hamda haydovchiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilgan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) 1-qismi, 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi, 128 prim 8-moddasi (transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Nurota tumanida 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz avtohalokatga uchragandi. Hodisa oqibatida haydovchi ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Romitan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing