Buxoroda Lacetti haydovchisi 10 yoshli bola o‘limiga sababchi bo‘ldi
3-sahifa
−
20 noyabr 2020 7019 1 daqiqa
Buxoro shahrida katta tezlikda harakatlangan Lacetti ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.
Joriy yilning 18 noyabr kuni taxminan, soat 20:25 larda Jomiy ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda kelayotgan Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar o‘tish yo‘lakchasida harakatlanayotgan 1983 yil hamda 2010 yilda tug‘ilgan fuqarolarni urib yuborgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan voyaga yetmagan jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan. Ikkinchi fuqaro esa bosh miya suyagining sinish tashxisi bilan og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dinara Yusupova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025