Buxoroda ikki usta tok urishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida ikki nafar fuqaro elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Jondor tumani “Bahoriston” mahallasi Hojikanda qishlog‘ida yashagan fuqarolar – R.M. va B.Sh. ushbu qishloqda yashovchi fuqaroning uyida ustachilik bilan shug‘ullanayotgan paytida elektr toki urishi oqibatida vafot etgan. Bu haqdagi xabar joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 17:05 larda tuman IIBning navbatchilik qismiga kelib tushgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 

“Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 4-5 yoshlar orasidagi bolaning jasadi hojatxonadan topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tok urishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing