Buxoroda haydovchi o‘zi bilan janjallashgan ayolni mashinada bosib ketdi
3-sahifa
−
23 fevral 2022 15914 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil yo‘lida o‘zaro janjallashgan ayollardan biri Spark avtomashinasida boshqa bir ayolni bosib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda ushbu holat 21 fevral kuni soat 13:50 da Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani “Xo‘jalar” mahallasida joylashgan Poykent savdo majmuasi oldida sodir bo‘lgani aniqlangan.
IIBga ko‘ra, Sh. ismli ayol boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi bilan S.K. ismli ayolni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan.
Ta’kidlanishicha, holat tegishli tartibda tuman Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Live
Barchasi