Buxoro amirligi tangalarini chetga olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
09 iyun 10031 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 267 dona qadimiy taqinchoq qismlari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu ashyolarning qadimiyligi va qiymatini aniqlash uchun bojxona xodimlari tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, 39 dona osma bezak ko‘rinishidagi kumush tangalar XIX asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, qolgan taqinchoq qismlari ham XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid bo‘lib, madaniy boylik hisoblanadi.

Hozirda ashyoviy dalillar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar O‘zbekistondan olib chiqib ketilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyatida 1 asrlik tangalarni Turkiyaga yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingandi. Tangalar 1923 yilda Turkiyada zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekanligi aniqlangan. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr