Bugun O‘zbekistonning U-20 jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi
Sport
−
01 mart 2023 4254 1 daqiqa
Bugun, 1 mart kuni O‘zbekistonda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bahslari start oladi. “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston jamoasi dastlabki turda Suriyaga qarshi bahs olib boradi.
Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichida Suriyadan tashqari, Iroq va indoneziyalik tengqurlariga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mezbonlar ishtirokidagi o‘yinlar Toshkentdagi “Bunyodkor” va Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turnir Jahon chempionatiga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatlidir. Musobaqa 18 martga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 28 fevral kuni O‘zbekiston jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov turnirning dastlabki tur o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi. Haydarov musobaqada chempion bo‘lish jamoasining asosiy maqsadi ekanligini ta’kidladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025