Bugun O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi aniqlanadi
Sport
−
23 dekabr 2024 10036 1 daqiqa
Bugun, 23 dekabr kuni Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida o‘zbek sportida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
“Milliy sport mukofoti-2024” tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi, murabbiyi va boshqa ko‘plab nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlanadi.
QALAMPIR.UZ ma’lumotlariga ko‘ra, yilning eng yaxshi erkak sportchisi bo‘lish uchun Parij-2024 Olimpiadasida g‘olib bo‘lgan 7 nafar erkak sportchi da’vogarlik qilmoqda. Yilning eng yaxshi ayol sportchisi bo‘lishga esa Olimpiadada dzyudo bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorova asosiy nomzod hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi erkak sportchisi, deya bokschi Abdumalik Xalokov e’tirof etilgandi. Xalokov amaldagi g‘olib bo‘lgani uchun bu yil uning sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati nisbatan pastroq.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28