Bugun O‘zbekiston Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi
Sport
−
07 yanvar 2260 1 daqiqa
Bugun, 7 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Ravshan Haydarov shogirdlari 1-tur doirasida Livanga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv “Princ Feysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mezbonligidagi musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Livan, Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan birga “S” guruhidan joy olgan. O‘zbekiston musobaqadagi ilk uchrashuvini bugun, 7 yanvar kuni Livanga qarshi o‘tkazadi. Keyingi bahslar esa joriy yilning 10 va 13 yanvar kunlariga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi e’lon qilingan edi.
Live
Barchasi