Bugun qaysi hududlarda kuchli shamol bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
09:21 1154 1 daqiqa
Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, Toshkent shahrida ham bugun shamol tezligi me’yordan yuqori va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi