Bugun Ahmad ash-Shara Moskvaga boradi
Olam
−
15 Oktabr 4745 1 daqiqa
Bugun, 15 oktyabr kuni Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara rasmiy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskvaga boradi. Bu haqda “Syria TV” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ash-Shara Moskvaga tashrifi doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi, shuningdek, Rossiyaning Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Xmeymimdagi havo bazasini davom ettirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, ash-Shara suriyaliklarga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan Suriyaning sobiq prezidenti va Putinning ittifoqchisi Bashar Asadni sudga topshirishni rasman so‘rashi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, joriy yilning 12 sentyabr kuni Ahmad ash-Shara Suriya Rossiya bilan yaqin tarixiy aloqalarni barqaror saqlab qolishga intilayotganini aytgan. Shuningdek, u Suriya AQSH va G‘arb davlatlari bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga va butun mintaqada aloqalarni yaxshilashga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen BMT Bosh Assambleyasi doirasida Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Bunyod Keldiboyev