Bugun 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo chempionligi uchun jang qiladi

Sport

image

Ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Bugun, 25 yanvar kuni turnirning qizlar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi.

Osiyo chempionatida umumiy 18 nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, shundan 8 nafarini qizlar tashkil etadi. 

Qizlar o‘rtasidagi final janglari:

-48 kg: Farzona Fozilova - Susma Tamang (Nepal)  (12:00);

-50 kg: Sabina Boboqulova - Tran Nguen (Vetnam) (12:15);

-52 kg: Feruza Kazakova - Dashuang Tang (Xitoy) (12:30);

-54 kg: Nigina O‘ktamova - Guyin Feng (Xitoy) (12:45);

-57 kg: Sitora Turdibekova - Zoljargal Battur (Mo‘g‘uliston) (13:00);

-66 kg: Navbahor Hamidova - Sesegdari Myagmarsuren (Mo‘g‘uliston) (13:45);

-70 kg: Aziza Zokirova - Jasmin Kijatova (Qozog‘iston) (14:00);

-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Baison Manikon (Tailand) (14:15).

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasida final  bahslari bo‘lib o‘tadi va 10 nafar O‘zbekiston vakili qit’a chempionatining oltin medali uchun ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing