Bugun 7 ta hududda kuchli shamol va chang to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
09:49 1731 1 daqiqa
Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, poytaxtda ham shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Live
Barchasi