Bu yil O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani ochiqlandi

Bu qiziq

image

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga jami 6 mln 319,1 ming nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oshgan.

Ularning soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  1. Qirg‘iz Respublikasi – 1 846 030 nafar;
  2. Qozog‘iston  – 1 466 535 nafar;
  3. Tojikiston – 1 441 618 nafar;
  4. Rossiya – 536 849 nafar;
  5. Afg‘oniston – 267 485 nafar;
  6. Turkmaniston – 208 864 nafar;
  7. Xitoy – 103 158 nafar;
  8. Turkiya – 96 492 nafar;
  9. Hindiston – 38 008 nafar;
  10. Koreya Respublikasi – 25 057 nafar;
  • Boshqa davlatlar – 289 023 nafar.

Ularning soni safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • qarindoshlarni yo‘qlash – 4 338 164 nafar;
  • sayyohlik – 949 933 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 710 303 nafar;
  • tijorat – 255 136 nafar;
  • davolanish – 54 882 nafar;
  • o‘qish – 10 701 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng ko‘p xorijiy sayyohlar Qozog‘istonga tashrif buyurgani (15,3 million kishi) xabar qilingandi. Xorijiy sayyohlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Qirg‘iziston egallagan (8,6 mln kishi). Keyingi o‘rinda esa O‘zbekiston – 8 million kishi.


Maqola muallifi

Teglar

turist sayyoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing