Bu yil Prezidentga tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan

Jamiyat

image

Joriy yilgi muloqot arafasida Prezidentga tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida aytib o‘tildi.

Tadbirkorlar ko‘targan asosiy masalalar – kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish (jami murojaatlarning 26 foizi), biznesni joy va infratuzilma bilan ta’minlash (21 foiz), soliq tizimini soddalashtirish (10 foiz), tekshirishlar va ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirish (8 foiz) bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, oldingi ochiq muloqotlarga tayyorgarlik davomida ko‘tarilgan masalalarning 80 foizi individual xususiyatga ega bo‘lib, ko‘plari joyida hal qilingan. Bu safar 70 foiz tadbirkorlar tizimli muammolarni yechimlari bilan taklif qilmoqda.

“Tadbirkorlarimiz faqat o‘ziga emas, butun sohaga naf keltiradigan masalalarni ko‘tarayotgani quvonarli”, deydi davlat rahbari.

Shuningdek, Prezident ochiq muloqot natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarda bularning barchasi inobatga olinishini ta’kidlab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing