Bu Uchinchi jahon urushi bilan yakunlanadi – Tramp
Olam
−
13 dekabr 9670 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosini tartibga solish kontekstida uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan “o‘yinlar” haqida ogohlantirdi. Bu haqda Tramp 11 dekabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida so‘z ochdi.
U bu murojaat kimga qaratilganini aniq aytmagan, biroq Prezidentning so‘zlari Ukraina bilan bog‘liq kontekstda yangragan.
“Bunday ishlar Uchinchi jahon urushlari bilan yakunlanadi. Men yaqinda aytgandim: agar hamma shunday o‘yinlarni davom ettirsa, oxir-oqibat Uchinchi jahon urushiga borib taqaladi. Biz esa bunday holatni ko‘rishni istamaymiz”, degan Tramp.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, agar vaziyat nazoratdan chiqib ketmasa, bu “Qo‘shma Shtatlarga ta’sir qilmas edi”. Trampning fikricha, AQSH mojaroning o‘zida ishtirok etmayapti, faqat muzokaralarda qatnashmoqda, biroq Ukraina va Yevropa Vashingtonning vaziyatni hal etishda faolroq bo‘lishini xohlayapti. Shu bilan birga, Vashington NATO davlatlariga qurol sotmoqda va bu qurollar keyinchalik Kiyevga yetib bormoqda.
Oq uy rahbarining aytishicha, u Vashington Rossiya va Ukraina bilan kelishuvga juda yaqin kelgan deb o‘ylagan, ammo hududlar masalasi juda muammoli bo‘lib chiqqan.
“Bu bilasizmi, biroz murakkab, chunki siz yerlarni ma’lum bir tarzda bo‘lyapsiz. Bu oson ish emas. Bu murakkab ko‘chmas mulk bitimiga o‘xshaydi, faqat ming barobar qiyinroq”, degan Tramp.
Oq uydagi tadbirda respublikachi, shuningdek, AQSH Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘yicha tinchlik rejasidan “qandaydir bandlarni olib tashlaganini” aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitim konsepsiyasi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga ham, Ukraina xalqiga ham yoqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning ma’muriyati yevropalik amaldorlar bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasiga qo‘shimcha hujjatlarni qo‘shishni muhokama qilayotgani haqida xabar berilgandi. Ularda YeI hududida muzlatilgan Rossiya aktivlarini yechish va ularni AQSHning moliyaviy va boshqa kompaniyalariga Ukrainada loyihalarni rivojlantirish uchun topshirish taklif qilingan.
Live
Barchasi