“Bu safar nishonga tekkizaman”. Texaslik erkak Trampga tahdid qildi

Olam

image

AQSHning Texas shtati San-Antonio shahrida yashovchi 52 yoshli Robert Errera AQSH Prezidenti Donald Trampga tahdid qilgani sababli hibsga olindi. Bu haqda Texasning G‘arbiy okrugi prokuraturasi xabar berdi.

Ish materiallariga ko‘ra, Errera Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Robert Errer” taxallusi ostida Trampning Texasdagi tashrifi haqidagi yangilik ostida quyidagi izohni qoldirgan: “Bu safar nishonga tekkizaman”. U postga Trampga 2024 yilning iyulida Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan mitingda qilingan suiqasddan keyin olingan fotosuratni ilova qilgan.

Bir foydalanuvchi bu kabi hujumni amalga oshirish mumkinligiga shubha bildirgach, Errera javoban: “Men shunchaki seni izlab boraman”, deb yozgan va qurollangan avtomat va o‘q-dorilar aks etgan suratni joylagan.

Errera o‘sha kuni hibsga olingan. Unga Prezidentga tahdid qilish hamda tahdidli mazmundagi davlatlararo kommunikatsiya orqali jinoyat sodir etish bo‘yicha federal ayblovlar qo‘yilgan. Har bir band bo‘yicha unga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Ish bo‘yicha tergovni AQSH Maxfiy xizmati, Federal qidiruv byurosi, San-Antonio politsiya boshqarmasi hamda Texas jamoat xavfsizligi departamenti olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida Trampga qarshi suiqasd sodir bo‘lgan edi. Tramp nutq so‘zlayotgan vaqtda 20 yoshli Tomas Metyu Kruks unga qarata o‘q uzgan. Bir o‘q Trampning o‘ng qulog‘iga tekkan, biroq u shifoxonada tekshiruvdan so‘ng o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan. Hujum chog‘ida bir nafar tomoshabin halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi yaralangan. Hujumchi esa Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Ikkinchi holat 2024 yil 15 sentyabrda Florida shtatining Palm-Bich shahridagi Tramp golf-klubi yaqinida ro‘y bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp suiqasd Texas Robert Errera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing