“Bu mo‘’jiza”. 70 soat vayronalar ostida qolib ketgan bola qutqarildi
Olam
−
28 iyun 4485 1 daqiqa
Venesuelada kolumbiyalik qutqaruvchilar vayronalar ostidan 11 yoshli bolani olib chiqdi. Bu haqda Venesuela Mudofaa vazirligi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bola vayronalar ostida 70 soat qolib ketgan. Qutqaruv operatsiyasini USAR COL-1 jamoasi amalga oshirgan.
“Bu bir mo‘’jiza! Moises tirik holda qutqarildi”, deya aniqlik kiritgan Venesuela Mudofaa vazirligi.
24 iyun kuni kechqurun Venesuelada bir daqiqadan kamroq vaqt oralig‘ida magnitudasi 7,2 va 7,5 ga teng bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lgandi. Ular respublikada so‘nggi yuz yil ichida yuz bergan eng kuchli zilzilalardan biriga aylandi.
28 iyun holatiga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 1430 nafarga yetdi. Shuningdek, mamlakat rasmiylari boshpanasiz qolgan 3142 ta oilani qayd etishdi, ular uchun vaqtinchalik boshpanalar tashkil etilib, zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Venesuela prezidenti Rodrigesning ma’lum qilishicha, shifokorlar jabrlangan hududlarda 12 mingdan ortiq sayyor konsultatsiyalar o‘tkazishgan, 5 mingdan ortiq kishi esa birlamchi tibbiy ko‘rik punktlarida yordam olgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust