Bu genotsid! – AQSH Davlat departamenti Xitoy bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirmayapti
Olam
−
10 mart 2021 7737 1 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar Xitoy hukumatining Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi etnik uyg‘urlarga qarshi harakatlarini “genotsid” deb hisoblashda davom etmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken aytganidek, Vashington Shinjonda sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb biladi. Biz ushbu bahoni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan narsani ko‘rmadik. Biz mintaqada zo‘ravonlik tugaganligini ko‘rsatadigan hech narsa ko‘rmadik”, deydi u.
Donald Tramp davrida Qo‘shma Shtatlar Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi uyg‘urlarga qarshi harakatlarini genotsid deb e’lon qilgandi. Bayonot o‘sha vaqtdagi davlat kotibi Maykl Pompeo tomonidan taqdim etilgandi.
Jo Bayden ma’muriyati ushbu siyosatni davom ettirish niyatida ekanligini bildirmoqda.
Pekin AQSHning ayblovlarini rad etmoqda.
Live
Barchasi