Britaniya Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi
Sport
−
22 avgust 697 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernxem 2042 yilgi FIFA Jahon chempionatini Buyuk Britaniyada o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Times” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bernxem o‘z g‘oyasini Manchesterdagi Bosh vazirning yangi ofisida shahar merlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirgan. Shuningdek, Bosh vazir Angliya Futbol Assotsiatsiyasi va Premer-liga rahbariyati bilan Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza berish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
“The Times” yozishicha, Bernxem hukumati 2040 yilgi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun ham ariza berishga tayyorlanmoqda. Bernxem musobaqalarni Britaniyaning shimolidagi shaharlarda tashkil etish orqali mintaqaviy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, Angliya o‘z tarixida bir marta – 1966 yilda Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘sha turnirda Angliya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati g‘olibiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazildi. 2030 yilgi mundialga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Argentina, Urugvay va Paragvayda ham bittadan guruh bosqichi uchrashuvi o‘tkaziladi. 2034 yilgi Jahon chempionati esa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi