Braziliyaliklar AQSHdagi maydon sifatidan shikoyat qildi
Sport
−
15 iyun 1693 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk o‘yindan so‘ng AQSHning Sharqiy Ruterford shahridagi “Metlayf” stadionidagi maydon holatidan norozilik bildirdi. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.
“Doimiy issiqlik sabab maysa tez qurib qolmoqda va bu o‘yin sur’atini sekinlashtiryapti. Biz ritmga kira olmayapmiz. To‘pni tez aylantirmoqchimiz, lekin maydon bunga xalaqit bermoqda. Shunga qaramay, biz moslashishimiz kerak, chunki butun turnir davomida shunday sharoit bo‘lishi mumkin”, deydi terma jamoa hujumchi Vinisius Junior.
Shuningdek terma jamoa yarim himoyachi Bruno Gimarayes ham maydon holatiga to‘xtalib o‘tgan.
“Bu bahona emas, lekin maydon juda quruq edi. Moslashmagunimizcha ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va o‘yin boshini murakkablashtirdik. Biz bunday darajada ko‘p xato qilishga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deydi u.
Turnirning ochilish o‘yinida Braziliya Marokash bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti natijadan norozi ekanini bildirgan.
Hozirda Braziliya “C” guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi. Joriy yilning 20 iyun kuni 2-turda Karlo Anchelotti shogirdlari Gaitiga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa 25 iyun kuni Shotlandiya bilan kuch sinashadi.
Live
Barchasi