Braziliyalik UFC jangchisi 34 yoshida vafot etdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida faoliyat yuritgan braziliyalik aralash jang san’ati (MMA) ustasi Allan Nasimento 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Nasimento uyqusida yurak xurujini boshdan kechirganidan so‘ng hushsiz holatda topilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari sportchiga yordam ko‘rsatishga uringan. Biroq ular faqat uning vafot etganini tasdiqlashga majbur bo‘lgan.

Allan Nasimento professional MMA faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, 22 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U UFC doirasida 6 ta jangda ishtirok etib, to‘rt marta g‘alaba qozongan va ikki marta mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning “Centro Sportivo Alagoano” yoshlar jamoasining 15 yoshli futbolchisi Mikael Leandro da Silva Maseyo shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida sodir bo‘lgan otishma oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing