Braziliyada 22 yoshli futbolchi otib o‘ldirildi
Sport
−
05 fevral 2489 1 daqiqa
Braziliyada “Kruzeyro” yoshlar jamoasining sobiq futbolchisi, Vitao laqabi bilan tanilgan 22 yoshli Joao Viktor da Silva Santos otib o‘ldirildi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, fojia joriy yilning 11 yanvar kuni Alagoas shtatining Maseyo shahrida yuz bergan. Sobiq futbolchi amakisining tug‘ilgan kunini nishonlash marosimida qatnashayotgan paytda otishma sodir bo‘lgan va u o‘qdan og‘ir jarohat olgan.
Voqeadan so‘ng Vitao uch hafta davomida koma holatida yotgan va joriy yilning 3 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u professional faoliyati davomida Braziliya uchinchi divizioni vakili – “San Bernardo” klubida to‘p surgan.
Qayd etilishicha, uning sobiq yoshlar jamoasidagi jamoadoshlari orasida hozirda “Palmeyras” hamda Braziliya terma jamoasida o‘ynayotgan Otavio Kosta va Vitor Roke ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kyapaz” futbol klubi futbolchisi Veysal Rzayev pichoq bilan hujumga uchrab, og‘ir jarohat olgan edi.