Braziliya Isroil elchisini qabul qilmadi

Olam

image

Braziliya hukumati mamlakatdagi yangi Isroil elchisini tayinlashni kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 25 avgust kuni CNN xabar berdi.

Kolumbiyadagi sobiq Isroil elchisi Gali Dagan o‘tgan hafta lavozimini tark etgan Isroilning Braziliyadagi elchisi o‘rniga tayinlangan. Biroq Dagan Braziliya tomonidan bu lavozimga tasdiqlanmagan.

Shundan so‘ng, Isroil hukumati diplomat Gali Dagan nomzodini Braziliyadagi elchi lavozimiga ko‘rsatishdan rasmiy ravishda voz kechgan. Mazkur to‘siq ortidan Isroil hukumati Itamartiga (Braziliya TIV) diplomatik munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Isroil yangi nomzod taqdim etmasligi mumkinligi va yaqin orada Braziliyada elchisiz qolishi ehtimoli ham qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Braziliya va Isroil o‘rtasidagi diplomatik aloqalar Isroilning G‘azoga urush boshlanganidan keyin keskinlashgan. Prezident Luis Inasio Lula da Silva Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni keskin tanqid qilgani ortidan u Isroilda “persona non grata” deb e’lon qilingan.

Diplomatik inqiroz fonida Braziliya 2024 yilda o‘z elchisini Isroildan chaqirib olgan va shu kungacha yangi nomzod taqdim etmagan. Braziliya hukumati ushbu qaroriga izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azo sektoridagi ocharchilikni birinchi marta rasman tasdiqlagandi. Xususan, BMT G‘azodagi ochlik darajasini eng yomon  5-bosqichga ko‘tarib, butun dunyoga urushni to‘xtatish bo‘yicha tezkor bayonot bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Isroil Luis Inasio Lula da Sil'va

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing