Braziliya ham AQSHda kuchli tekshiruvdan o‘tkazildi
Sport
−
19:41 718 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga yetib borganida kuchaytirilgan bojxona va migratsiya nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda “Daily Sports” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa aeroportda alohida tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan, xavfsizlik xizmatlari delegatsiya a’zolarining har birini yakka holda ko‘rikdan o‘tkazgan.
Sportchilarning shaxsiy buyumlari va poyabzallari metall detektor yordamida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tintuv aeroport binosida emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagida amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan mahalliy politsiya tomonidan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgandi. Shundan so‘ng mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSH tomoniga vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berishini so‘rab so‘rov yubordi.
Live
Barchasi