Bojxona bojlari bo‘yicha muddatsiz imtiyozlar 2029 yilgacha amal qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2027 yil 1 yanvardan yagona bojxona to‘lovi bojxona qiymatining 20 foizi, biroq har kilogramm uchun kamida 2 dollar etib belgilanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 27 avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-174-sonli Farmonida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan yagona bojxona to‘lovi tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz miqdorida, biroq har bir kilogramm uchun 2 AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Shuningdek, amalda bojxona bojidan ozod qilish va nol stavkani qo‘llash bo‘yicha berilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar saqlab qolinadi.

Bojxona boji bo‘yicha muddatsiz berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati esa 2029 yil 1 yanvargacha etib belgilanadi.

Bunda Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning tashqi savdodagi tarif choralarini JST talablari asosida vaqtincha tartibga solish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolati 2028 yil 1 yanvargacha saqlab qolinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan deklaratsiyasiz olib chiqish mumkin bo‘lgan naqd pul miqdori 10 ming dollar etib belgilangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing