Boysunda noqonuniy kesib ketilgan daraxtlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketilgan edi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “QALAMPIR.UZ”ga viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi “Machay” o‘rmon bo‘limida tekshiruv olib borilgan. Tekshiruv jarayonida kesilgan daraxlar ichida Qizil kitobga kiritilgan “Zarafshon archasi”, “Shumtol”, “Uchkad” va “Zarang” nomli jami 38 tup daraxt tag qismi bilan kesilgani ma’lum bo‘lgan. Noqonuniy harakat oqibatida o‘simlik dunyosiga jami 560 mln 550 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani bo‘yicha xulosa berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Boysun tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismi “j” bandi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing