Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘izistonga bordi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022 8086 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasiga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov kutib olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Yevroosiyo iqtisodiy kengashi kuzatuvchi-davlati delegatsiyasi rahbari sifatida Oliy YeOII majlisida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga borgan.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston a’zo hisoblanadi. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2021 yilning 11 dekabrida kuzatuvchi maqomi bilan kirgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr