Bolalar ombudsmani Angrendagi jabrlangan qizdan xabar oldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Angren shahrida voyaga yetmagan 15 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova kecha, 24 iyul kuni jabrlangan qiz bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi. Bu haqda uning axborot xizmati xabar berdi. 

Dastlab Bolalar ombudsmani Angren shahar Bolalar shifoxonasiga kelib, bu maskanda davolanayotgan voyaga yetmagan S.Y.ning umumiy ahvoli va davolanish jarayonini ko‘zdan kechirgan, boladagi kasalliklarning kechishi va muolajalarga oid tibbiy hujjatlar bilan tanishgan.

“Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan S.Y. bilan individual suhbatlashib, bolaning fikrini o‘rgandi.

Ta’kidlash joiz, shifokorlar tomonidan S.Y.dagi kasalliklarni (o‘tkir artrit, ikki tomonlama bronxopnevmaniya, oqsil energetik yetishmovchilik, anemiya og‘ir darajasi, sepsis) davolash uchun barcha zaruriy tibbiy choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bolada mavjud qayd etilgan kasalliklar surunkali tusga ega bo‘lib, ularning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan.

Bildirilishicha, S.Y.ga nisbatan sodir etilgan jinoyat holati yuzasidan 9 aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Bolalar ombudsmani vakolatlari doirasida mazkur jinoyat ishi yurituvi bo‘yicha o‘z kuzatuvni olib bormoqda. Jumladan, dastlabki tergov uchun mas’ullarga voyaga yetmagan jabrlanuvchi bilan bog‘liq protsessual va tergov harakatlarni olib borishda bolaning qo‘shimcha stress va ruhiy travma olishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda malakali pedagog va psixolog ishtirokini ta’minlash zarurligi bildirilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Angren shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari bilan uchrashib, mazkur keys bo‘yicha amalga oshirilgan ijtimoiy, psixologik ko‘mak choralari borasida suhbatlashilgan. 

“Inson” markazi mutaxassislari S.Y. va uning oilasi bilan uzoq muddat davomida tizimli ish olib borib, murakkab vaziyatda bo‘lgan bolani himoyalash va reabilitatsiya qilish hamda oilaga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha davomli kompleks choralar ko‘rmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada o‘gay otasining jinsiy tajovuziga uchragan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing