Boks. O‘zbekistonliklar Osiyo chempionatida 9 ta oltin medal uchun jang qiladi
Sport
−
11 noyabr 2022 3577 1 daqiqa
Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final janglari ortda qoldi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik bokschilarning 7 nafari turnirning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3 nafari musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik bokschilardan -54 kgda Shahzod Muzaffarov, -60 kgda Adhamjon Muhiddinov va -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 3-o‘rin bilan kifoyalandi.
Saidjamshid Jafarov, Lazizbek Mullojonov, Hasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalakov, Ruslan Abdullayev, Odiljon Aslonov va Madiyar Saidrahimov o‘z vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 11 noyabr kuni ayollar o‘rtasida qit’a birinchiligining final janglari o‘tkaziladi. O‘zbekiston vakilalaridan Navbahor Hamidova va Sohiba Ro‘zmetova Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tarilashadi.
-66 kg: Navbahor Hamidova - Choi Xongeun (Janubiy Koreya) (16:40 dan so‘ng)
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova - Lovlina Borgoain (Hindiston) (17:10 dan so‘ng)
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 12 noyabr kuni erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi