Boks: Mirazizbek Mirzahalilovni “mag‘lub etgan” irlandiyalik bokschi Olimpiadani tark etdi

Sport

image

Kecha, 31 iyul kuni boks bo‘yicha -57 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan irlandiyalik Entoni Uolker chorak finalda amerikalik Dak Raganga qarshi ringga ko‘tarildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Uolker avvalgi bosqichda o‘zbekistonlik Miraziz Mirzahalilovni hakamlarning shubhali qarori evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Shundan so‘ng, Irlandiya Olimpiya qo‘mitasi Instagram sahifasida Erik Uolkerning Mirazizbek Mirzahalilov ustidan g‘alaba qozongani haqida post joylangan va izohlar yozish qismi yopib qo‘yilgandi.

Bokschining o‘zi esa: “Mening kuchimga shubha qilsangiz, Olimpiya o‘yinlarining chorak finalida amaldagi jahon chempionini mag‘lub eting!” deya aytib o‘tgandi.

Ma’lumot o‘rnida, -57 kg vazn toifasida Osiyo va Jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov Tokio Olimpiadasining ilk davrasida  Yevropa chempioni hisoblangan irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlarning qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi. 

Mirzahalilov bahs davomida katta ustunlikka erishganiga qaramay, dastlabki ikki raund Uolker foydasiga “hal qilingan”, jangni esa faqatgina nokaut evaziga qutqarib qolish mumkin bo‘lib qolgandi. Tabiiyki, so‘nggi raund faqatgina rasmiyatchilikka aylanib qolgan va O‘zbekiston delegatsiyasi potensial oltin medaldan mahrum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio-2020 Mirazizbek Mirzahalilov Entoni Uolker

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing